Uch oyda 15 mingdan ortiq oʻzbekistonlikka ipoteka kreditlari ajratildi

2025-yilning uch oyida ipoteka kreditlari uchun 4,4 trillion soʻm yoʻnaltirildi. Bu haqda Markaziy bank xabar qildi.
Unga koʻra, ajratilgan mablagʻlarning 3 trillion soʻmi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va 1,1 milliard soʻmi tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan. Bundan tashqari, Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi tomonidan ham 310 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilgan.
Shu yilning uch oyi davomida Oʻzbekistonning 15 033 nafar fuqarosi ipoteka kreditlarini olgan boʻlib, ularning 63 foizi erkaklarga berildi. 75 foiz holatda kredit oluvchilar mablagʻni yangi qurilgan uylar uchun olgan.
Ajratilgan kreditlarning 75 foizi birlamchi uy-joy bozoriga, qolgan 25 foizi esa ikkilamchi bozordagi uylarni xarid qilish uchun sarflangan. Eng koʻp ipoteka krediti Toshkent shahrida ajratilgan boʻlib, 1 trillion 467,8 milliard soʻmni tashkil etdi. Keyingi oʻrinlarni 226,9 milliard soʻm bilan Toshkent viloyati va 280,1 milliard soʻm bilan Xorazm viloyati egalladi.
Taʼkidlash joiz, “yangi tartib” doirasida ajratilayotgan kreditlarning foiz stavkasi 17,3 foizni tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring