Uch hududda psixotrop moddalar savdosining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot va Sergeli tumani boʻlimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida “M.M” MCHJ dorixonasi sotuvchisi D.R. 200 dona hamda “G.P.” MCHJ dorixonasi sotuvchisi S.S. 150 dona “Benzonal” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini shifokor retseptisiz sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Shu kabi yana bir holat, departamentning Andijon shahri boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.
Unga koʻra, kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro S.M. fuqaro X.X.ga 10 dona “Tropikamid” va 10 dona “Regapen” nomli dori vositalarini 3,7 million soʻmga sotishga kelishib, shundan 10 dona kapsuladagi dori vositasini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring