Uch hududda 500 million soʻmlik “svet” va gaz talon-toroj qilindi
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻshrabot tumani boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Aniqlanishicha, “B.O.” fermer xoʻjaligi rahbari S.B. suv nasoslarini elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan ulab, 219,6 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani fosh qilingan.
Shu kabi yana bir holat, Departamentning Jomboy tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham aniqlangan.
Unga koʻra, “A.N.” oilaviy korxonasi rahbari T.I. korxona oshxonasida tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 165,7 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi maʼlum boʻlgan.
Bundan tashqari, Departamentning Buvayda tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “X.O.” fermer xoʻjaligi rahbari X.A. “Mehnatobod” MFY hududidagi baliq havzasida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan ulanib, 117,7 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring