Tushungan ham, tushunmagan ham tanqid qilyapti — Alisher Qodirov Energetika vazirligiga jiddiy eʼtiroz bildirdi

15:43 10 Fevral 2025 Jamiyat
351 0

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov Energetika vazirligi targʻibot ishlarini toʻgʻri yoʻlga qoʻymaganlikda ayblab, tanqid ostiga oldi. Bu haqida “Milliy tiklanish” partiyasi rasmiy Telegram kanalida xabar berildi.

“Bugun jamiyatimizda energetika bilan bogʻliq eʼtiroz va tushunmovchiliklar shunchalik koʻpayib ketdiki, ijtimoiy tarmoq orqali sohani tushungan ham, tushunmagan ham tanqid qilyapti”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlarning koʻpayishiga asosiy sabab sifatida Energetika vazirligining targʻibot ishlarini toʻgʻri yoʻlga qoʻya olmayotgani bilan bogʻliqligi taʼkidlangan.

“Bugun elektr energiyaning 75 foizi gazni yoqish orqali ishlab chiqarilayotgani, tarmoqdagi muammolar, «yashil energetika”ni rivojlantirish borasidagi ishlar, loyihalar koʻlami haqida odamlarga kim maʼlumot beradi?», — deydi Qodirov.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq, deputat Alisher Qodirov “Gazni uy isitish hamda ovqat pishirishga sarflab yuboradigan xalqning kosasi oqarmaydi”, deya bildirgan fikri uchun keng jamoatchilikning eʼtiroz va tanqidlariga uchragan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер