Turkum ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tartibi belgilandi
“Turkum ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami: 3699, 11.11.2025-y.) Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Bildirilishicha, ushbu nizom “Yangi Oʻzbekiston manzaralari”, “Buyuk allomalar” va “Zamon qahramonlari” kabi turkum ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tartibini belgilaydi.
Mazkur nizomga koʻra, turkum ijodiy asarlarning mavzu va yoʻnalishlari toʻgʻrisida har yili yanvar oyining 10-sanasigacha OAVlarda eʼlon beriladi.
Eʼlon qilingan mavzu va yoʻnalishlar boʻyicha ijodkorlarning loyiha takliflari har yili fevral oyining 5-sanasigacha qabul qilinadi.
Davlat buyurtmasi etib tasdiqlangan ijodiy loyihalarning mualliflari bilan ijodiy asarni yaratish boʻyicha shartnoma tuziladi.
Shuningdek, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining veb-saytida ijodkorlar taqdim etgan barcha loyiha takliflari, ushbu loyiha takliflarini koʻrib chiqish holati hamda ular yuzasidan qabul qilingan qarorlar ochiq eʼlon qilib boriladi.
Bundan tashqari, yaratilgan ijodiy asarlar Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi fondiga taqdim qilinadi hamda ijodkorlarga mablagʻlar (mualliflik haqi) toʻlab beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring