Turkmanistondan Afrikagacha: Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan xorijliklar soni haqida maʼlumot berildi
2025-yilning yanvar-avgust oylarida jami 14 ming 216 nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Joriy yilning ortda qolgan davri mobaynida Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni boʻyicha Turkmaniston yetakchilik qilmoqda. Ushbu mamlakatdan yurtimizga taʼlim olish maqsadida kelgan fuqarolar 4 ming 603 nafarni tashkil qilgan.
Undan keyingi oʻrinlarda Hindiston 3 ming 477 nafar fuqaro bilan ikkinchi, Tojikiston 1 ming 392 nafar fuqaro bilan uchinchi pogʻonada qayd etilgan.
Shuningdek, Xitoydan 710 nafar, Pokistondan 700 nafar, Janubiy Koreyadan 553 nafar, Qirgʻiz Respublikasidan 333 nafar hamda AQSHdan 319 nafar fuqarolar taʼlim olish maqsadida Oʻzbekistonga kelgan.
Oʻqish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining umumiy soni mamlakatlar boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
- Filippin – 245 nafar;
- Turkiya – 233 nafar;
- Afgʻoniston — 226 nafar;
- Misr – 203 nafar;
- Rossiya – 121 nafar;
- Buyuk Britaniya – 110 nafar;
- JAR – 98 nafar;
- Boshqa davlatlar — 893 nafar.
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3 ming 179 nafarga yoki 28,8 foizga oshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring