Turkiyada Oʻzbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlar mavzusiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi

19:47 27 Mart 2023 Siyosat
435 0

Foto: Халқ сўзи

Mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi vakillari hamda Anqara inqiroz va siyosat tadqiqotlari markazi - “ANKASAM” ekspertlari ishtirokida “Oʻzbekistonda islohotlar va Yangilanajak Konstitutsiya” mavzusidagi davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbir avvalida Oʻzbekistonning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, shuningdek, mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash, davlatning demokratik poydevorini mustahkamlash borasida erishilgan muvaffaqiyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻrtoqlashildi.

Soʻngra Konstitutsiyaviy qonun loyihasi boʻyicha umumxalq muhokamalarida 222 715 ta taklif kelib tushganligi, takliflarning har toʻrttasidan bittasi loyihadan joy olgani, xususan, Asosiy qonunning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilanishi toʻgʻrisidagi axborotlar davra suhbati ishtirokchilarining eʼtiboriga havola qilindi.

Shuningdek, Konstitutsiyaning moddalari amaldagi 128 tadan 155 taga koʻpayib, normalari 275 tadan 434 taga oshishi, inson huquq va erkinliklariga oid qoidalar uch yarim baravarga koʻpayishi ham nazarda tutilgani qayd etildi.

Xususan, yangilanajak Konstitutsiyada mamlakatimizning suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qatʼiy belgilab qoʻyilgani, kuchli ijtimoiy himoya va muhtojlarga gʻamxoʻrlik – davlat siyosatining muhim yoʻnalishi ekanligi, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash – davlatning oliy majburiyati etib belgilangani, oʻqituvchilar maqomini yuksaltirish, yoshlar huquqlari Konstitutsiya himoyasi ostida boʻlishi, raqobatbardosh milliy iqtisodiyotni ragʻbatlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha kompleks choralar belgilanganligi, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari yanada faol boʻlishi uchun keng imkoniyat va kuchli himoya taqdim etilganiga alohida eʼtibor qaratildi.

“ANKASAM” direktori professor Mehmet Seyfettin Erol Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yuqori baholar ekan, keng jamoatchilik fikri va takliflari asosida Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgarishlar va unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinganligi tom maʼnoda buni “xalq Konstitutsiyasi”, deb aytish imkonini berishini taʼkidladi.

“Ishonchim komilki, oldinda turgan konstitutsiyaviy islohotlar mamlakatning ravnaqi va xalq farovonligi uchun mustahkam huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi”, dedi u.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер