Turkiyada ogʻir vaziyatda qolgan 13 yoshli bola Oʻzbekistonga qaytarildi
Illyustrativ foto
Kecha, 8-oktyabr kuni soat 20:35 da Fargʻona xalqaro aeroportiga Turkiyaning Istanbul shahridan uchib kelgan samolyotda 13 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi vatanga qaytdi. U chet elda ogʻir hayotiy vaziyatda qolib, Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xodimlariga yordam soʻrab murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi.
Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan Tashqi ishlar vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining tezkor hamkorlikdagi harakatlari natijasida voyaga yetmagan fuqaro xavfsiz ravishda vatanga qaytarilgan.
Fargʻona xalqaro aeroportida bolani Qoʻqon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari kutib olgan, hozirda uni buvisining qaramogʻiga topshirish masalalari boʻyicha zarur choralarini koʻrmoqda.
“Voyaga yetmagan fuqaroning ijtimoiy himoyasi va psixologik qoʻllab-quvvatlanishi uning doimiy yashash manzilida davom ettiriladi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, agentlik yaqin kunlarda ushbu mamlakatda ota-ona qaramogʻisiz qolgan yana 30 nafardan ortiq oʻzbekistonlik bolani vatanga qaytarish rejalashtirilganini ham qoʻshimcha qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring