Turkiyada boʻlib turgan oʻzbekistonlik sportchilarning salomatligi toʻliq nazoratga olingan — Milliy Olimpiya qoʻmitasi
Turkiyaning janubi-sharqiy hududlarida kuchli zilzilalar sodir boʻlmoqda. Ayni paytda bir qator sport turlarida terma jamoalarimiz va klublarimiz ushbu mamlakatda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini olib borish bilan birgalikda xalqaro musobaqalarda ham ishtirok etishmoqda. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi terma jamoalarimizning holati boʻyicha quyidagilarni maʼlum qiladi.
"Erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyaning Kaxramanmarash shahrida 3-6-fevral kunlari oʻtishi belgilangan xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan edi. Biroq mazkur hudud ayni paytda epitsentr markaziga aylanib qoldi. Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi yordami bilan sportchilarimizni Anqara shahriga joʻnatish choralari koʻrilmoqda. Shundan soʻng terma jamoamiz Anqara-Istanbul-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha mamlakatimizga qaytib keladi. Hozirda sportchi va murabbiylarning barchalari sogʻ-salomat.
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi Bosh kotibi Shuhrat Mamadaliyev bugun Istanbulga joʻnab ketdi. U yosh sportchilarimizning Oʻzbekistonga eson-omon qaytib kelish ishlariga boshchilik qiladi.
Shuningdek, velosport boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Alaniya, baydarka va kanoeda eshkak eshuvchilarimiz esa Belek shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib borishmoqda. Zilzila ushbu hududlarga katta taʼsir oʻtkazmagan va mashgʻulotlar reja asosida davom etyapti.
Qolaversa, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi ham Turkiya yigʻinida boʻlib turgan bir nechta futbol klublari va turli yoshdagi terma jamoalarimiz aʼzolarining salomatligi yaxshiligi haqida rasmiy maʼlumot berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Turkiyada boʻlib turgan hamyurtlarimizga zarur hollarda mamlakatimizning Anqaradagi Elchixonasi (+90-312-441-38-71, +90-312-441-17-46) yoki Istanbuldagi Bosh konsulxonasiga (+90-212-323-20-37, +90-212-323-20-39) murojaat qilishlari mumkinligini maʼlum qildi" deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring