Turkiya Oʻzbekistonga yangi elchi tayinladi
Turkiyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Ufuk Ulutash Oʻzbekiston TIV vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri maʼlum qildi.
“Turkiyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Ufuk Ulutash janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik. Janob Elchini ushbu lavozimga tayinlangani bilan samimiy tabriklaymiz va diplomatik missiyasida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, — deydi Oʻzbekiston TIV vaziri.
Baxtiyor Saidovning qoʻshimcha qilishicha, Oʻzbekiston va Turkiya nafaqat ikki tomonlama sherikchilik darajasida, balki mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishda ham faol harakatlar qilmoqda. Birgalikdagi saʼy-harakatlar har ikki mamlakat ravnaqi va taraqqiyotiga xizmat qiladi.
Maʼlumot uchun, 2021-yil 5-martdan buyon Turkiyaning Oʻzbekistondagi elchisi sifatida Olgan Bekar faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring