Turkiya boʻylab yangragan oʻzbek navolari
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining Toshkent viloyati boʻlimi ijodiy jamoasi Turkiyaning Antaliya, Anqara, Bursa shaharlarida gastrol safarida boʻlib qaytdi.
Ijodiy jamoa mazkur safar davomida betakror mumtoz va estrada yoʻnalishidagi navolarni taqdim etib, oʻzbek sanʼati ixlosmandlarini xushnud etishdi.
Eʼtiborli jihati, Turkiyaning turli soʻlim goʻshalarida tashkil etilgan konsert dasturlariga nafaqat oʻzbek vatandoshlarimiz, balki minglab turk shinavandalari qatorida turk hukumati vakillari va viloyat hokimlari tashrif buyurdi.
Aytish kerakki, bu kabi ijodiy safarlar oʻzbek sanʼatini butun dunyoga targʻib etish, oʻzaro tajribalar almashish va yangi madaniy hamkorliklarni yoʻlga qoʻyishga zamin yaratadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring