Turkiy tilli davlatlar kinofestivalida Oʻzbekiston 3 ta mukofotni qoʻlga kiritdi
Shu yil 8 — 12-noyabr kunlari Turkiyada «Korkut Ata» turkiy tilli davlatlar xalqaro kinofestivali boʻlib oʻtdi.
Mazkur kinofestivalda Rashid Malikovning Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Tutqunlik” filmi hayʼat aʼzolarining maxsus mukofoti bilan taqdirlandi. Ali Hamroyevning “Xalq jasorati” filmi esa hujjatli kino yoʻnalishida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqovga “Oʻzbek kino sanʼati rivoji uchun” maxsus mukofoti topshirildi.
Kinofestival hayʼat raisi Mesud Uchakan oʻzbek filmlaridagi gumanistik gʻoyalarni olqishlashdi: “Oʻzbek filmlarining gumanizm gʻoyalarini ilgari surishi bizga juda yoqdi. «Mehr” operatsiyasi haqida suratga olingan “Tutqunlik” filmi alohida olqishga loyiq. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining urush kechayotgan yerlardan oʻz fuqarolarini qaytarish boʻyicha koʻrsatgan tashabbusini alohida eʼtirof etgan boʻlardim. Bu ulkan insoniylik va gumanistik loyihadir»-dedi hayʼat raisi...
Oʻzbekiston kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov: «Mazkur mukofot soʻnggi 5 yil davomida Oʻzbekistonda olib borilayotgan kino islohotlariga katta baho deb bilaman. Mazkur islohotlar bevosita hurmatli prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bilan bogʻliq. Ularning barchasi Prezidentimiz tashabbuslari natijasidir. Mazkur mukofot oʻzbek kinoijodkorlarinikidir. Chunki buni ortida juda katta jamoa va hamjihatlikdagi mehnat turibti. Ularga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman», deya taʼkidladi.
Turkiya madaniyat va turizm vaziri Ahmet Demirkan hamkorlik haqida soʻzladi: «Endilikda biz Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi bilan aloqalarni oʻrnatamiz, hamkorlikda xalqaro kinoloyihalar ishlaymiz. Oʻylaymanki, bu hamkorligimiz katta natijalar beradi»
Shuningdek festival davomida oʻzbek kinosi kuni oʻtkazilib, “Tutqunlik”, “Xalq jasorati” filmlaridan tashqari Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” kartinasi premyerasi boʻlib oʻtdi. Shu bilan birga, Turkiya telekanallarida oʻzbek filmlari namoyishi etildi.
Kinofestival davomida oʻzbek delegatsiyasi tomondan turli kompaniyalar bilan hamkorlik kelishuvlariga erishildi.
Kinofestivalning taqdirlash marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham ishtirok etdi. Soʻngra, turkiyalik hamkasbi bilan duet kuyladi. Ularning chiqishi tashrif buyurganlarda yorqin taassurot qoldirdi va olqishlarga sazovor boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring