Turk kompaniyasi Mirzaobodda suv va energiya tejamkor issiqxona majmuasini barpo etadi

15:46 16 Yanvar 2024 Jamiyat
299 0

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyevning Turkiyaning “MINESSI A.S." kompaniyasi boshqaruvi raisi Yasin Kaplan bilan muloqotida Mirzaobod tumanida suv va energiya tejovchi texnologiyalarga asoslangan zamonaviy issiqxona majmuasini qurish loyihasi muhokama qilindi.

Umumiy qiymati 500 million AQSH dollariga teng boʻlajak majmuada 750 ta doimiy ish oʻrni yaratiladi. Issiqxona yagona tizimga ulangan 4 ta blokdan iborat boʻladi. Sabzavotlar, qulupnay, gul va gul koʻchatlari, meva va mevali daraxt koʻchatlari alohida-alohida bloklarda yetishtiriladi. Har bir blokda mahsulotlarga ishlov berish, saralash va qadoqlash uchun yopiq maydonlar tashkil qilinadi. Shuningdek, qadoqlash uchun zarur boʻladigan gofrakarton va plastik idishlarni ham shu yerning oʻzida ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

Loyihaning dastlabki bosqichida quyosh va shamol energiyasidan foydalanilsa, keyinchalik 10 MVt quvvatga ega elektr stansiyasi qurilishi koʻzda tutilgan. Bundan tashqari, isitish uchun geotermal energiya manbalaridan foydalanish imkoniyati boʻyicha tadqiqotlar olib boriladi.

Majmuada yetishtiriladigan mahsulotlar asosan BAA va Saudiya Arabistoniga eksport qilinishi rejalashtirilmoqda.

Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?