Tunda Toshkent aeroportida “svet” oʻchib qoldi
Videodan kadr
Toshkent aeroportida elektr uzilishi sodir boʻldi. “Uzbekistan Airports” mazkur holat boʻyicha maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, bugun, 6-yanvar kuni soat soat 02:28 da Qoʻyliq podstansiyasidagi kichik nosozlik tufayli Toshkent aeroportida qisman elektr uzilishi sodir boʻlgan. Joʻnash va kelish zallari zaxira dizel generatorlar va UPS yordamida elektr energiyasi bilan taʼminlangan. Soat 2:49 ga kelib elektr energiyasi toʻliq tiklangan.
Taʼkidlanishicha, uzilish samolyotlarning uchishi va qoʻnishiga taʼsir qilmagan va barcha xizmatlar odatiy rejimda faoliyat olib bormoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” xabariga koʻra, bugun soat 02:20 da 220 / 110 / 35 / 6 kV “Qoʻyliq” podsansiyasidan chiquvchi Uzbekistan Airports tasarrufida boʻlgan 35 kV yuqori kuchlanishli “Aeroport-5” tarmogʻida nosozlik yuzaga kelgan. Natijada Toshkent aeroportida elektr energiyasi taʼminotida uzilish yuzaga kelgan. Bu paytda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga qarashli barcha tarmoqlar soz holatda boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring