Tumovni davolashda antibakterial terapiya qanchalik samarali?
Tumov yaxshi davolanmasa, oʻzidan asorat qoldiradi. Shuning uchun bemor tuzalishini osonlashtirish uchun antibakterial terapiya va kompleks muolajalar qoʻllanadi. Xoʻsh, bu nima degani?
— Antibakterial terapiya — kasallik paytida bemorning burun boʻshligʻi shilliq qavatlarini mutaxassis koʻmagida yuvish va xastalangan sohaga kerakli dorilarni yuborish, — deydi oliy toifali shifokor Raʼno Nosirova. — Misol uchun, burun orqali toʻplangan yiring chiqarib tashlansa, bemor yengil nafas oladi, tana harorati meʼyorlashadi.
Yaʼni, xasta inson infeksiyali ajralmadan xalos boʻlgach, burun shilliq qavatining mikrob va bakteriyalardan himoyalash tizimi tiklanadi.
Burun va unga yondosh boʻshliqlarni yuvish, albatta, otorinolaringolog tomonidan amalga oshirilishi lozim. Aks holda tajribasiz inson burunni tozalayotgan vaqtda infeksiyani ichkariga, quloq tomonga surib, muolajani murakkablashtirib yuborishi mumkin.
Burunni tozalash payti paxtali choʻp, rezina nok kabi anjomlarni ishlatish tavsiya etilmaydi. Chunki burun ichki shilliq qavati va toʻqimalari juda nozik boʻlib, tezda jarohatlanishi mumkin.
Shifoxona sharoitida burunni maxsus uskunalar yordamida tozalash yaxshi samara beradi. Peshona yoki asosiy boʻshliqlarni zondlash usulida tozalash ham tumovdan tezroq sogʻayishda yordamchi vosita hisoblanadi.
Burundagi yalligʻlanishlarning koʻz kosasi holatiga salbiy taʼsir etishi isbotlangan. Demak, uni oʻz vaqtida tozalatib turish, nafaqat tumov tuzalishini tezlashtiradi, balki koʻzlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan asoratlarning ham oldini oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring