“Tuman shifoxonasi” filmining tasvirga olish ishlari Namanganda davom etadi

16:34 22 Noyabr 2022 Madaniyat
575 0

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Olov-nur media” studiyasi tomonidan suratga olinayotgan rejissyor Sirojiddin Ikromovning “Tuman shifoxanasi” badiiy filmining tasvirga olish ishlari qizgʻin davom etmoqda. 

Ijodiy guruh aʼzolari Namanganga tashrif buyurishdi. Filmning prodyuseri, rejissyor va ssenaristlari tomonidan tasvirga olish maydonlari tanlandi va tegishli mutasaddilar bilan muzokaralar olib borildi. Shuningdek, film syujeti va ijro etiladigan obrazlar xarakterlaridan kelib chiqib, viloyat musiqali drama teatrida kasting oʻtkazildi.

Mazkur badiiy filmni tasvirga olishdan asosiy maqsad Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyovning 2022-yil 18-mart kuni tibbiyot xodimlari bilan boʻlib oʻtgan ochiq muloqotida bergan topshiriq va vazifalari ijrosi hamda tibbiyot sohasida xizmat qilayotgan fidoyilarining mehnatlari, xalqning salomatligini tiklash va saqlashdagi olib borayotgan jonbozliklarini tasvirlash va koʻrsatishga qaratilgan.

Filmning tasvirga olish ishlari 24-noyabr kunidan Namangan viloyatining Chortoq tumanidagi shifoxonalar va mahallalarda olib borish rejalashtirilmoqda.

Ssenariy muallifi Nurillo Abbosxon, postanovkachi rejissyor Abduvohid Gʻaniyev, postanovkachi operator Muzaffar Yusupov, postanovkachi rassom Muhammadali Rahimov, kartina direktori Olovuddin Xoʻjamberdiyev.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?