TTESI va Shvetsiyaning Buros universiteti oʻrtasida xalqaro hamkorlik yoʻlga qoʻyildi
Foto: «Xalq soʻzi»
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoati instituti (TTESI) delegatsiyasi Shvetsiyaning yetakchi ilmiy markazlaridan biri — Buros universitetida boʻlib, tomonlar oʻrtasida rasmiy hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu tashrif Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasi koʻmagida tashkil etildi.
Ushbu hamkorlik dastlab PhD doktorantlar almashinuvi dasturi, professor-oʻqituvchilarning malaka oshirish kurslari, tekstil chiqindilarini qayta ishlash sohasida qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish yoʻnalishlarida olib boriladi.
Buros universiteti bu yoʻnalishda dunyodagi eng yetakchi ilmiy markazlardan biri hisoblanadi. Shu sababli, TTESI ushbu sohada hamkorlikni kengaytirish, texnologik yechimlar va barqaror ishlab chiqarish yoʻnalishida chuqur tadqiqotlar olib borishni rejalashtirmoqda.
Uchrashuv doirasida TTESI prorektori Baxtiyor Nasimov va xalqaro aloqalar boʻlimi xodimi Nurmuhammad Xudayberdiyev Buros universiteti rektori, professor Kim Bolton bilan samarali muzokaralar olib bordi.

Shuningdek, TTESI delegatsiyasi Buros universitetining zamonaviy ilmiy laboratoriyalari, xususan tekstil chiqindilarini qayta ishlash boʻyicha maxsus markazlari bilan yaqindan tanishdi.
Taʼkidlanishicha, elchixona tomonidan tashkil etilgan ushbu hamkorlik ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida barqaror va chuqurlashtirilgan ilmiy-akademik aloqalarning mustahkam poydevorini yaratadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring