Transport vaziri Ilhom Mahkamovga hayfsan berildi

11:26 29 Yanvar 2024 Siyosat
318 0

Prezident raisligida uy-joy, qurilish, kommunal xoʻjaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish boshlandi.

Ushbu tizimda 3 ta vazirlik va idora, 3 ta inspeksiya, 5 ta kompaniya, hududlarda qurilish, uy-joy va kommunal xoʻjaligi sohalariga masʼul hokim oʻrinbosarlari borligi, poytaxt va Toshkent viloyati hokimlariga qurilish va kommunal sohaga alohida oʻrinbosar berilganiga qaramay, bu kompleks xalqimiz eng koʻp norozi boʻlib murojaat qiladigan sohalardan biri ekani qayd etildi.

Davlatimiz rahbari qurilish sohasiga zamonaviy standartlarni joriy qilib, qurilish normalarini yangilash, ichimlik suvi tannarxi va tarmoqdagi yoʻqotishlarni kamaytirish, mahalliy aviareyslarni koʻpaytirish, Toshkent shahrida tirbandlikni kamaytirish va jamoat transportini yaxshilashdagi kamchiliklarni birma-bir sanab, mutasaddilarning bu boradagi ishlari qoniqarsiz ekanligini qayd etdi.

Shu munosabat bilan transport vaziri И.Маҳкамов, uning birinchi oʻrinbosari М.Омаров, IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi О.Саидов va “Toshshahartransxizmat” AJ raisi А.Жўраевга hayfsan eʼlon qilindi va oxirgi ogohlantirish berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?