Trampning ishtahasi Oq uyga kelmasdan “ochilyapti”
Donald Tramp oʻzining birinchi hukumati davrida Daniyadan Grenlandiyani sotib olish haqida gapirganida Daniya bosh vaziri bu gʻoyani bemaʼnilik deb atab, uni keskin rad etdi. Endi Daniya rasmiylari Tramp ittifoqchilari va maslahatchilari tomonidan bu qaroq jiddiy ekanligi haqida ogohlantirilmoqda. Bu haqda mamlakat amaldorlari “CNN”ga maʼlum qilgan.
Tramp seshanba kuni Grenlandiya milliy xavfsizlik maqsadlarida kerak ekanligini taʼkidladi. AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Grenlandiya gʻoyasi yaxshi emasligi, buning amalga oshmasligi aniqligi shuning uchun muhokama uchun ortiqcha vaqt sarflamaslik kerakligini aytdi. Daniya rasmiylari esa mutlaqo rozi emaslar va Tramp vakillari bilan ushbu mavzuni muhokama qilishni xohlaydi.
Tramp, shuningdek, Daniya Grenlandiya ustidan nazoratdan voz kechmasa va uni oʻzida saqlab tursa, keskin qarshiliklarga uchrashidan ogohlantirgan. Seshanba kuni Trampning toʻngʻich oʻgʻli kichik Donald Tramp Grenlandiyaga tashrif buyurdi, biroq Daniya rasmiylari bilan uchrashuv oʻtkazmagan.
“Grenlandiya Grenlandiya xalqiga tegishli. Bizning kelajagimiz va mustaqillik uchun kurashimiz oʻzimizning ishimizdir”, — degan Grenlandiya Bosh vaziri.
Grenlandiya uzoq vaqtdan beri AQSH milliy xavfsizlik manfaatlari, xususan, Rossiyaning ehtimoliy hujumini qaytarish uchun kalit sifatida koʻrib chiqilgan. Trampning birinchi muddati davrida milliy xavfsizlik xodimlari Xitoyning Arktikadagi faoliyatidan xavotirda edi. Shunday boʻlsa-da Daniya hukumati prezidentning Grenlandiyani qoʻlga kiritishga boʻlgan ishtiyoqini tushunmasliklarini aytishdi.
Shunga qaramasdan Grenlandiyaning AQSH va NATOdagi asosiy ittifoqchisi Daniyadan mustaqillikka intilayotganidan xavotirlar bor. Agar Grenlandiya mustaqil boʻlsa, bu orolni siyosiy jihatdan beqaror va Rossiya hamda Xitoy taʼsiriga nisbatan zaifroq qilib qoʻyishi mumkin. Grenlandiya mustaqilligini eʼlon qilgan taqdirda ham NATO aʼzosi boʻladimi yoki yoʻqmi bu ham munozarali.
Xitoyning Rossiya bilan Arktikadagi harbiy hamkorligi soʻnggi besh yil ichida oʻsdi. Bu ikki davlat u yerda muntazam ravishda qoʻshma havo patrullarini oʻtkazadi va oktyabr oyida Xitoy qirgʻoq qoʻriqlash xizmati ruslar bilan birinchi marta Shimoliy Muz okeani suvlariga kirganini daʼvo qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring