Trampni Ukrainaga qurol berishga kim koʻndirgani maʼlum boʻldi

17:12 16 Iyul 2025 Dunyo
208 0

Arxiv foto

AQSHning birinchi xonim turmush oʻrtogʻi Donald Trampga Rossiyaning Ukraina shaharlariga qilgan zarbalari oqibatlarini eslatgan va Kiyevga “Patriot” zenit-raketa tizimlarini yetkazib berishga rozi boʻlishga koʻndirishda muhim rol oʻynagan. Bu fikrlarni “The Times” nashri yozdi.

Dushanba kuni Oval kabinetda NATO Bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashuvda AQSH prezidenti rafiqasi bilan boʻlgan suhbatini shunday hikoya qilgan: “Men uyga kelaman va birinchi xonimga “men bugun Vladimir Putin bilan gaplashdim, ajoyib suhbat boʻldi”, deyman. Va u shunday deydi: “Oh, rostdanmi. Hozir yana bir shahar zarar koʻrdi”.

Nashr manbalariga koʻra, uning Ukraina mojarosiga qiziqishi kelib chiqishi bilan izohlanadi. 1970-yilda sobiq Yugoslaviyada tugʻilgan Melaniya avvalroq Sovuq urushni tugatishga yordam bergan AQSHning 40-prezidenti Ronald Reyganga hayratini bildirgan edi.

Melaniyaning hayotiga qiziqib, oʻrganib boradigan jurnalist va yozuvchi Meri Jordanning aytishicha, birinchi xonimning otasi, 81 yoshli Viktor Knavs Sloveniyaga tashrifini davom ettirib, uni Yevropa siyosatidan xabardor qiladi.

“Buning ajablanarli joyi yoʻq, chunki u sobiq Yugoslaviyada, Rossiyani yoqtirmaydigan mamlakatda oʻsgan. Uning vatani (Sloveniya – tahr.) Ukrainani qoʻllab-quvvatlaydi va u yerdagi odamlar AQSH Ukrainani qurollantirishni toʻsatdan toʻxtatganidan hayratda. Vazirlar mahkamasining boshqa aʼzolariga qaraganda, u oʻz fikrini yetkazishda koʻproq tajribaga ega”, – deydi Jordan.

Melaniya avvalroq Ukraina mojarosi boshlanganidan norozi boʻlganiga oid dalillar ham bor. U oʻz izdoshlarini Qizil Xochga xayriya qilishga chaqirib, Ukraina xalqi bilan birdamligini bildirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?