Tramp Zelenskiyni Ukrainada tinchlik uchun Qrimdan voz kechishga chaqirdi
Foto: Reuters
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Qrimdan voz kechish va Ukrainaning NATOga kirmasligiga rozilik berish orqali mojaroga deyarli darhol barham berish mumkin. Bu fikrlarni AQSH prezidenti Donald Tramp aytib oʻtdi.
“Zelenskiy istasa, Rossiya bilan urushni deyarli darhol tugatishi mumkin yoki jangni davom ettirishi mumkin. Hammasi qanday boshlanganini eslang. Barak Obama tomonidan berilgan Qrim qaytarilmaydi va Ukraina NATOga qoʻshilmaydi. Baʼzi narsalar hech qachon oʻzgarmaydi”, — deydi u.
Xabaringiz bor, shu yilning 15-avgust kuni Alyaskada Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH yetakchisi DonaldTrampning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Muloqotda prezidentlar ikki davlatning natijalarga erishish qatʼiyatini taʼkidlab, hamkorlikda ish olib borish uchun koʻplab yoʻnalishlarni qayd etdilar.
Ular Ukrainadagi mojaroga barham berish ustida ishlashga tayyor ekanliklarini maʼlum qilishdi. Trampning soʻzlariga koʻra, kelishuvning muhim nuqtalari boʻyicha hozircha yakdillik mavjud emas, biroq unga erishish uchun yaxshi imkoniyat bor.
U Vladimir Zelenskiyni Rossiya bilan bitim tuzishga chaqirdi, tinchlik imkoniyati unga va Yevropa davlatlariga bogʻliq.
Oʻz navbatida, Putin Alyaskadagi uchrashuv kerakli qarorlarga yaqinlashtirishini taʼkidladi.
Bugun Vashingtonda Zelenskiy va Tramp oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring