Qalbaki dorilar oldi-sotdisi boʻyicha javobgarlik keskin kuchaytiriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlatimiz rahbari raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida farmatsevtika sohasiga yangi texnologiyalarni olib kelish, “Big Pharma” kompaniyalarni jalb qilishga ancha harakat qilinayotgani qayd etildi.
Bunday kompaniyalar ishlab chiqarishini yoʻlga qoʻyishdan oldin “Ichki bozorda dorilar sifati va xavfsizligi boʻyicha kuchli nazorat tizimi bormi?” degan savol qoʻyadi.
Lekin birgina oʻtgan yilning oʻzida mamlakatimizda 57 mingdan ziyod nomdagi roʻyxatdan oʻtmagan, kontrafakt dorilar aniqlangan. Achinarlisi, qalbaki nusxasi koʻpaygani uchun nufuzli xorijiy kompaniyalar 21 turdagi original dorilarni Oʻzbekistonga olib kirishni toʻxtatgan.
Masʼul idoralarga giyohvand va psixotrop moddalarga qarshi qanday kurashilayotgan boʻlsa, dorilarning noqonuniy aylanmasi boʻyicha ham xuddi shunday murosasiz kurashish shartligi koʻrsatib oʻtildi.
Umuman, sifatsiz va qalbaki dorilarning oldi-sotdisi boʻyicha javobgarlikni keskin kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish muhim ekani taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring