Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil qilinadi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugungi kunda farmatsevtika yoʻnalishidagi 6 ta ilmiy-tadqiqot institutida 300 dan ziyod olimlar faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, farmatsevtika oliygohlarini yiliga 1 mingga yaqin yoshlar tamomlamoqda.
Davlatimiz rahbari raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida mazkur sohada ilm-fan bilan sanoat bir-biridan “uzilib” qolgani qayd etildi.
Shu munosabat bilan Kimyo-farmatsevtika, Vaksina va zardoblar hamda Sharq tabobati institutlari negizida Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil qilinadi.
Ushbu institut “Toshkent farma park”da joylashadi va olimlarga bu yerdagi korxonalar bilan ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish uchun sharoit yaratiladi.
Buning uchun park hududida klinikoldi tadqiqotlarini oʻtkazish laboratoriyasi (vivariy), sinov-tadqiqotlar uchun bio va kimyo laboratoriyalari tashkil qilinadi. Shuningdek, 250 oʻrinli xalqaro klinik tadqiqotlar markazi ham barpo etiladi.
Yigʻilishda qayd etilganidek, Toshkent farmatsevtika instituti va Farmatsevtika texnik universitetining professor-oʻqituvchilari ham ilmiy faoliyatini farmapark hududida olib boradi.
Oliygoh talabalari esa bu yerdagi korxonalarda dual-taʼlim asosida oʻqib, ishlaydi.
Sohadagi olimlarni jalb qilib, yangi dorilarni ishlab chiqarishni boshlagan korxonalarning 100 ming dollargacha xarajati Farmatsevtika jamgʻarmasidan kompensatsiya qilinadi.
Bundan tashqari, korxonalar mahalliy olimlar yaratgan yangi farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻysa, ularga ushbu tovarlarni roʻyxatdan oʻtkazish va klinik sinov xarajatlari uchun 100 million soʻmgacha subsidiya beriladi.
Yigʻilishda farmatsevtika korxonalari vakillarining taklif va tashabbuslari, mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring