Tramp Vashington atrofidan uysizlarni koʻchirish niyatida
AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakat poytaxtini “har qachongidan ham xavfsiz va goʻzal” qilish rejasini eʼlon qildi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmogʻida maʼlum qildi.
“Poytaxtimizni xavfsiz va goʻzal qilamiz. Uysizlar shahardan darhol chiqib ketishi kerak. Biz ularga turarjoy berimiz, ammo poytaxtdan uzoqda”, — dedi Tramp.
Respublikachi siyosatchi jinoyatchilarga ham murojaat qilib, ularni hech qayerga ketmaslikka, chunki “toʻgʻridan-toʻgʻri qamoqqa yuborilishlarini” aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, choralar noqonuniy migrantlar masalasidagi kabi tezkor tarzda amalga oshiriladi.
“Oxirgi bir necha oy ichida millionlardan nolga tushdik. Endi oson boʻladi — tayyor turinglar! “Yaxshi yigit” boʻlish yoʻq. Biz poytaxtimizni qaytaramiz”, — dedi Tramp.
Avvalroq xorijiy OAV xabariga koʻra, Tramp maʼmuriyati uning birinchi prezidentlik yilida 1 milliongacha migrantni deportatsiya qilishni rejalashtirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring