Tramp va Si Szinpin uzoq tanaffusdan soʻng ilk bor uchrashdi: bojlar kamayadi, Ukraina boʻyicha hamkorlik boshlanadi
“Reuters” xabariga koʻra, AQSH prezidenti Donald Tramp va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan ATES sammiti doirasida uchrashuv oʻtkazdilar. Bu — ikki davlat rahbarining 2019-yildan buyon ilk yuzma-yuz uchrashuvi boʻldi.
Uchrashuv bir soat 40 daqiqa davom etdi. Trampning soʻzlariga koʻra, tomonlar muddatli (bir yillik) savdo kelishuviga erishgan, u har yili avtomatik tarzda uzaytirib boriladi. Tez orada rasmiy shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
Savdo urushi davrida AQSH tomonidan joriy etilgan xitoy tovarlariga boj stavkalari 57 foizdan 47 foizgacha — 10 foizga pasaytiriladi. Shuningdek, kamyob metallarga oid masalalarda ham kelishuvga erishilgan.
Bundan tashqari, Tramp va Si Szinpin Ukraina boʻyicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar. AQSH rahbarining aytishicha, tomonlar bu masalada birgalikda ishlashni rejalashtirmoqda.
Uchrashuv yakunida Tramp 2026-yil aprel oyida Xitoyga tashrif buyurishi, Si Szinpin esa biroz keyinroq AQSHga borishi haqida kelishuvga erishilgan.
Jurnalistlarning “uchrashuvni 1 dan 10 gacha baholang” degan savoliga Tramp hazilomuz tarzda:
“12”, — deb javob bergan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring