“Tramp Ukrainada sulh tuzishdan voz kechgan” — NATO sammitida yana nimalar muhokama qilindi
Foto: Reuters
Gaaga shahrida NATO navbatdagi sammiti boʻlib oʻtdi. Shu vaqt ichida ishtirokchilar Niderlandiya Qirollik oilasi bilan kechki ovqatga, protokol uchun suratga olishga va yakuniy hujjatni kelishishga muvaffaq boʻlishdi. Sammit doirasida AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashgan va suhbat bir soatdan kamroq davom etgan.
Ukraina prezidenti uchrashuvda kostyumda koʻrinish berdi. Zelenskiy urush boshlangandan buyon harbiy kiyimda namoyon boʻlayotgan edi. Bu esa jahon ommaviy axborot vositalarining eʼtiborini tortdi. Shu bilan birga u taktik etiklarni afzal bilib, klassik poyabzaldan foydalanmagan.
Shuningdek, NATO davlati rahbarlarining yopiq uchrashuvi boʻlib oʻtdi. “Bloomberg” agentligining yozishicha, ishtirokchilardan telefonlarini zaldan tashqarida qoldirish, kirish nutqlarini uch daqiqaga cheklash soʻralgan. AQSH prezidentining oʻzi esa sakkiz daqiqa gapirgan. Tramp nutqining asosiy mavzusi ittifoq aʼzolarining mudofaa xarajatlarini oshirish boʻlgan.
Gʻarb nashrlari Tramp uchun tashkil etilgan “Qirollik ziyofati”ga eʼtibor qaratgan. Bu faqat bitta maqsad bilan oʻylab topilgan, yaʼni Oq uy rahbarining koʻnglini olish uchun.
“Alyans mamlakatlari rahbarlari Zelenskiyning faqat AQSH prezidentiga boʻysunishini tan olishdi. Shuningdek, AQSHning Ukrainani qoʻllab-quvvatlovini saqlab qolish kerak. Manbalarga koʻra, Tramp Ukrainada sulh tuzishdan voz kechgan, bu Rossiya prezidentiga juda mos keladi”, — deyiladi “Bloomberg” xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring