Tramp sogʻliqni saqlash uchun kichik Kennedini tanladi

Amerika Qoʻshma Shtatlarining saylangan prezidenti Donald Tramp munozarali siyosatchi va vaksinaga shubha bilan qaraydigan kichik Robert Kennedini Sogʻliqni saqlash va aholiga xizmat koʻrsatish kotibi etib tanladi. Kichik Kennedi oʻzining saylovoldi kampaniyasini toʻxtatib, Respublikachi nomzodni qoʻllab-quvvatlagan edi.
“Men kichik Robert Kennedini Qoʻshma Shtatlar sogʻliqni saqlash va aholiga xizmat koʻrsatish vaziri deb eʼlon qilishdan juda xursandman“, — deb yozgan Tramp oʻzining “Truth Social” ijtimoiy platformasida.
“U Amerikani yana sogʻlomlashtirishga yordam beradi. Baʼzi narsalarni oʻzgartirishni xohlaydi va biz unga buning uchun imkon berishimiz kerak“, — degan Tramp 6-noyabr kuni oʻzining gʻalaba nutqida.
Sogʻliqni saqlash va inson xizmatlari departamenti AQSHda federal darajada sogʻliq bilan bogʻliq deyarli hamma narsa uchun javobgar hisoblanadi. U oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi, Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlari, Milliy sogʻliqni saqlash institutlari hamda moddiy imkoniyati cheklanganlar, 65 va undan katta yoshdagilar, nogironlar uchun sogʻliqni saqlashni taʼminlaydigan yirik dasturlarni nazorat qiladi.
Florida shtatidan senator Marko Rubio davlat kotibi lavozimiga saylanib, bu tanlov koʻpchilik tomonidan maʼqullangan. Trampning bosh prokuror sifatida ochiqchasiga kongressmen Mett Getsni, mudofaa vaziri etib “Fox News” boshlovchisi Pit Xegsetni va sobiq demokrat kongressmen Talsi Gabbardni milliy razvedka direktori etib saylagani koʻproq bahsli munozaralarga sabab boʻldi.
Kennedi yetakchi demokrat siyosatchilar oilasidan. 1963-yilda Dallasda oʻldirilgan sobiq prezident Jon Kennedi uning amakisi edi. Uning otasi AQSHning sobiq bosh prokurori va senatori Robert Kennedi ham Oq uyga oʻz nomzodini qoʻyganidan besh yil oʻtib otib oʻldirilgan.
Kennedi dastlab Nyu-Yorkdagi Gudzon daryosini tozalash uchun tashkil etilgan “Waterkeeper Alliance” asoschisi sifatida yuqori darajadagi ekologik huquqshunosga aylandi. Guruh 48 ta davlatga tarqalib, toza suvga yoʻnaltirilgan eng yirik notijorat tashkilot hisoblanadi.
Uning ustuvor yoʻnalishlaridan biri inson salomatligiga qaratilgan boʻlib, surunkali kasallik epidemiyasi deb ataladigan holatlar, jumladan, semirish, diabet, autizm va oziq-ovqat tarkibidagi kimyoviy moddalarni kamaytirish shular jumlasidan.
Kennedi oziq-ovqat, dori-darmon va tibbiy asboblar xavfsizligini taʼminlaydigan 18 ming xodimdan iborat Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasini yangilashni va Milliy sogʻliqni saqlash institutidagi yuzlab xodimlarni almashtirishni taklif qildi. Shuningdek, u qizamiqqa qarshi vaksinalarning foydaliligiga shubha bildiradi. Uning munozarali qarashlari oʻz oilasi bilan kelishmovchiliklarga sabab boʻlgan. “Biz uning nomzodini qoralaymiz va bu bizning mamlakatimiz uchun xavfli deb hisoblaymiz”, — degan uning yaqinlari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring