Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarning taʼsirini baholash uchun olti oy kutishni taklif qildi

12:07 24 Oktyabr 2025 Dunyo
345 0

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi joriy etilgan yangi sanksiyalarning taʼsiri olti oy ichida yaqqol sezilishini bildirdi. Bu haqda RBK xabar berdi.

Shu tariqa AQSH rahbari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “sanksiyalar ishlamayapti” degan bayonotiga javob qaytardi.

— U shunday oʻylayotganidan xursandman. Yarim yildan soʻng koʻramiz, — dedi Tramp.

Eslatib oʻtamiz, AQSH Moliya vazirligining Tashqi aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) Rossiyaning “Rosneft” va “Lukoyl” neft kompaniyalariga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilgan edi. Oq uy bu choralar Moskva iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazishiga ishonmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?