Tramp Putinga nisbatan sabri tugayotganidan ogohlantirdi. Kreml bunga javob berdi
Foto: AP
AQSH prezidenti Donald Tramp “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga nisbatan sabri tugab borayotganini aytdi.
“Ha… tugaydi va tezda tugaydi”, — dedi Tramp jurnalistlarning savoliga javob berar ekan.
Shu yilning 10-sentyabr kuni Tramp yaqin kunlarda Putin bilan telefon orqali muloqot qilishini aytgandi. Oq uy rahbarining soʻzlariga koʻra, uning Rossiya rahbari bilan suhbati shu hafta yoki keyingi hafta boshida boʻlib oʻtadi.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, hozircha ikki prezident oʻrtasida boʻlajak telefon muloqoti boʻyicha kelishuvlar yoʻq. Keyinroq u Rossiya Ukrainadagi mojaroni tinch yoʻl bilan hal qilish yoʻlidan borishga tayyorligini taʼkidladi. Peskovning aytishicha, muzokaralar jarayoni yashin tezligida natijalar beradi deb umid qilmaslik kerak.
Uning taʼkidlashicha, Rossiya tomoni Ukrainadagi mojaroni siyosiy va diplomatik yoʻllar bilan hal qilishdan manfaatdor va tayyorligini saqlab qoladi.
Bu Peskovning jurnalistning “Kreml Trampning Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilishi mumkinligi va Putinga nisbatan sabr-toqati tugayotgani haqidagi bayonotlarini eshitdimi?”, degan savoliga javobi boʻldi.
“Kiyev tomonidan jarayon sunʼiy ravishda sekinlashtirilmoqda, yevropaliklar masalaga aralashmoqda, inqirozning asl sabablariga eʼtibor qaratmoqchi emas”, — deydi Peskov. Uning qoʻshimcha qilishicha, Rossiya ochiq va muloqotga tayyor.
Shu yilning 13-sentyabr kuni Tramp Shimoliy Atlantika alyansi mamlakatlariga maktub yoʻllab, unda u Rossiyaga qarshi jiddiy sanksiyalar joriy etishga tayyorligini yozgan, ammo buning uchun alyansning barcha aʼzolari bir qarorga kelishi va haqiqatan ham Rossiya neftini sotib olishni toʻxtatishi kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring