Tramp nihoyat Baydenning hokimiyatga kelishini tan oldi va unga muvaffaqiyat tiladi

02:04 20 Yanvar 2021 Dunyo
1039 0

Foto: Reuters

AQSH prezidenti Donald Tramp oʻzining xayrlashish nutqida Jo Bayden maʼmuriyatining hokimiyatga kelganini tan oldi va unga muvaffaqiyat tiladi. 

Bu haqda Amerika Oq uyiga asoslanib, TASS xabar bermoqda.

«Bu hafta biz yangi maʼmuriyatni inauguratsiyasini oʻtkazamiz va men ularga Amerikaning xavfsizligi va farovonligini saqlashda muvaffaqiyat tilayman», degan u.

Prezident, shuningdek, Kapitoliyga qilingan hujum masalasida yana bir toʻxtatilib oʻtgan. 

«AQSHdagi siyosiy zoʻravonliklarni, xususan, Vashingtondagi Kapitoliyga qilingan hujumni oqlash mumkin emas», deydi u.

Jo Baydenning inauguratsiyasi 20-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 22.00da boʻlib oʻtadi. 

Ushbu tadbir arafasida Vashingtonda 25 mingga yaqin Milliy gvardiya askari joylashtirilgan. 

Oldinroq, Donald Tramp ushbu tadbirda qatnashmasligini va 20-yanvar kuni Vashingtonni tark etishi maʼlum qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер