Oʻzbekiston Prezidenti “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining biznes forumida ishtirok etdi
“Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev koʻp tomonlama biznes forumida ishtirok etdi.
Tadbirda Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdilar.
Markaziy Osiyo va Yaponiya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, mintaqaga Yaponiya investitsiyalari va ilgʻor texnologiyalarini jalb qilish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Qoʻshma iqtisodiy loyihalar taqdimot qilindi. “Sumitomo”, “Chubu Electric Power”, “Shikoku Electric Power” kompaniyalari tomonidan JBIC va NEXI koʻmagida Oʻzbekistonda ikkita quyosh elektr stansiyasini qurish, “Toyota Susho” ishtirokida AT infratuzilmasini modernizatsiya qilish, “Sojitz” kompaniyasi tomonidan koʻp tarmoqli tibbiyot markazini tashkil etish, shuningdek, “JOGMEC” ishtirokida yangi oʻta muhim mineral konlarini oʻzlashtirish kabi Oʻzbekiston – Yaponiya investitsiya tashabbuslari shular jumlasidan.
Yetakchilar huzurida tegishli loyihalar boʻyicha hujjatlar almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring