Tramp Xalqaro jinoiy sudga Netanyaxuga qarshi order sababli sanksiyalar joriy qildi

Foto: AP
AQSH prezidenti Donald Tramp Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) tomonidan chiqarilgan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni hibsga olish boʻyicha order sababli sudga qarshi sanksiyalar kiritdi.
6-fevral kuni imzolangan farmonga koʻra, AQSH fuqarolari va ittifoqchilariga qarshi tergov olib borayotgan XJS rasmiylari hamda ularning oilalariga nisbatan moliyaviy va viza sanksiyalari qoʻllaniladi.
Tramp oʻz qarorini XJSning AQSH va Isroilga qarshi noqonuniy harakatlari bilan izohladi. Unga koʻra, Amerika ham, Isroil ham XJS yurisdiksiyasiga kirmaydi, shuning uchun sudning harakatlarini Vashington suverenitetiga tajovuz va milliy xavfsizlikka tahdid deb baholash mumkin.
“XJS Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olish uchun asoslanmagan order berib, oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qildi”, — deyiladi imzolagan farmon matnida.
Sud AQSHning sanksiyalar qoʻllash ehtimolidan kelib chiqib, oʻz xodimlarini himoyalash maqsadida ularga uch oylik maoshini oldindan toʻlab bergan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring