Tramp impichment xavfi ostida qoldi
Texas shtatining demokrat kongressmeni Al Grin prezident Donald Trampga qarshi impichment eʼlon qilishini maʼlum qildi. Bu haqida “The Hill” nashri xabar bermoqda.
Unga koʻra, Trampga qarshi impichment eʼlon qilinishi uning Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan suhbati chogʻida AQSH Gʻazo sektorini egallashi haqidagi gʻoyani ilgari surgani bilan bogʻliq.
“Etnik tozalash — bu oddiy ish emas. Buni dunyodagi eng nufuzli shaxs — AQSH prezidenti aytayotgan boʻlsa chindan ham xavfli harakat sanaladi. Sababi u rejalarini amalga oshirish imkoniyatiga ega shaxsdir”, — deydi Al Grin.
Kongressmenning taʼkidlashicha, prezidentga qarshi impichment jarayoni boshlab yuborilgan. “Men impichment hujjatini kiritishimni eʼlon qilaman, chunki u bemaʼni va xavfli takliflar bildirishdan toʻxtamayapti”, — deydi demokrat Kongress yigʻilishidagi nutqida.
Maʼlumot uchun, Trampning Gʻazo sektoriga oid rejalarini koʻplab yirik davlatlar, shu jumladan, Rossiya, Xitoy, Yevropa Ittifoqi hamda Yaqin Sharq mamlakatlari ham jiddiy tanqid ostiga olgan.
Eslatib oʻtamiz, demokrat Al Grin 2017-yilda ham Trampga nisbatan eʼlon qilinishi kutilgan impichment jarayonining birinchi tashabbuskori boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring