Tramp Yevropa Rossiyadan neft xarid qilishni toʻxtatishga chaqirdi
AQSH prezidenti Donald Tramp Yevropa Rossiyaga nisbatan joriy etgan cheklovlarni yetarli darajada qattiq emasligini aytdi. Uning taʼkidlashicha, Vashington Moskvaga qarshi yanada kuchli sanksiyalar joriy etishga tayyor, ammo bu faqat Yevropaning oʻzi ham choralarni kuchaytirgan taqdirdagina amalga oshiriladi. Bu haqda DW xabar berdi.
“Yevropa Rossiyadan neft sotib olishda davom etmoqda. Men ularning neft xarid qilishlarini xohlamayman. Ular qoʻllayotgan sanksiyalar yetarlicha qatʼiy emas. Men sanksiya joriy qilishni xohlayman, ammo ular men qilgan ishga mos ravishda oʻz choralarini kuchaytirishlari shart”, — degan AQSH rahbari jurnalistlar oldidagi chiqishida.
Bundan oldin Tramp Truth Social ijtimoiy tarmogʻida xat eʼlon qilib, NATOga aʼzo barcha davlatlar birgalikda kelishgan holda Rossiyaga qarshi jiddiy sanksiyalar joriy etganda va Moskvadan neft xarid qilishni toʻxtatganda Vashington oʻz cheklovlarini kuchaytirishini bildirgan edi.
Sentyabr oyi boshida esa u Yevropa rahbarlarini Ukrainadagi urushni “moliyalashtirayotgani” uchun tanqid qilgan va ularni Rossiya neftidan voz kechishga chaqirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring