Tramp AQSHda yadroviy sinovlarni darhol qayta boshlashni buyurdi
 
                AQSH prezidenti Donald Tramp Urush vazirligiga (Pentagon) yadro qurollari sinovlarini zudlik bilan qayta boshlash topshirigʻini berdi. Bu haqda u “Truth Social” ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida yozdi.
“Qoʻshma Shtatlar dunyoda eng katta yadroviy arsenalga ega davlat. Bunga mening birinchi prezidentlik davrimda mavjud qurollarni toʻliq yangilash va modernizatsiya qilish orqali erishildi. Ulkan vayronkor kuchi sabab bunga qoʻlim bormasdi, ammo boshqa yoʻl yoʻq edi! Rossiya ikkinchi oʻrinda, Xitoy esa ancha orqada — biroq u bizni besh yil ichida quvib yetadi. Shu sababli, boshqa mamlakatlar sinov dasturlarini davom ettirayotgani bois, Men Urush vazirligiga (Pentagon) bizning yadroviy qurollarimizni teng sharoitda sinovdan oʻtkazishni boshlashni buyurdim. Bu jarayon darhol boshlanadi”, — deb yozdi Tramp.
Respublikachining soʻzlariga koʻra, AQSH hukumati sinovlar oʻtkaziladigan joy va vaqtni keyinroq eʼlon qiladi.
Reuters agentligi maʼlumotiga koʻra, Qoʻshma Shtatlar oxirgi marta 1992-yilda yadroviy sinovlar oʻtkazgan. Hozircha Tramp Milliy yadroviy xavfsizlik boshqarmasi tomonidan oʻtkaziladigan portlovchi yadroviy sinovlarni nazarda tutganmi yoki yadroviy raketa tizimlarining uchish sinovlarini nazarda tutganmi — bu nomaʼlumligicha qolmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
 
                 
        
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring