Tramp AQSH tashqi yordamini 27 milliard dollarga qisqartirmoqda
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati Amerika Qoʻshma Shtatlari Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) orqali Amerika xalqaro yordamini 27 milliard dollardan koʻproq qisqartirmoqda. Bu haqda “Politico” oʻz manbalariga tayanib xabar berdi.
“Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Tramp maʼmuriyati USAID tomonidan boshqariladigan 5300 dan ortiq grant va 27 milliard dollardan ortiq shartnomalarni bekor qilgan. Shuningdek, AQSH Kongressiga yuborilgan hujjatda 8,3 milliard dollarga yaqin 900 ga yaqin dastur saqlab qolingani koʻrsatilgan”, — deb yozadi nashr.
Mutaxassislarning ogohlantirishicha, bu qisqartirishlar dunyo boʻylab odamlarning tez-tez kasallanishiga olib kelishi mumkin. Chunki AQSH dunyodagi eng yirik sogʻliqni saqlash va gumanitar yordam donori hisoblanadi.
Bundan tashqari, maʼmuriyatning ushbu dasturlarni tugatish vakolatiga Kongressdagi demokratlar tomonidan eʼtiroz bildirilishi kutilmoqda. Chunki mablagʻlarni qanday sarflash toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi qonun chiqaruvchi hokimiyatdir.
Shu yilning 10-mart kuni AQSH Davlat kotibi Marko Rubio olti haftalik faoliyatini koʻrib chiqqandan soʻng, USAID dasturlarining 83 foizi yopilishini maʼlum qilgandi. Uning soʻzlariga koʻra, davlatning milliy manfaatlariga javob bermagan va hatto zarar keltirmaydigan minglab bekor qilingan shartnomalar uchun oʻnlab milliard dollar sarflangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring