Tramp: AQSH narkokartellar bilan qurolli mojaroga kirishdi
AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatning narkokartellar bilan qurolli mojaroda ekanini maʼlum qildi. Bu haqda The New York Times Kongressga yuborilgan prezident xabariga tayanib yozmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, narkokartellarga qarshi kampaniyaga berilgan yangi “qurolli mojaro” maqomi Karib dengizida kontrabandachilar kemalariga qilingan zarbalar uchun huquqiy asos sifatida xizmat qilishi kerak.
Trampning taʼkidlashicha, kartel aʼzolarining harakatlari AQSHga qarshi qurolli hujum sifatida baholanadi, narkotiklar tashuvchi kontrabandachilar esa “noqonuniy jangchi” maqomiga tenglashtiriladi.
Aytish kerakki, AQSH harbiy-dengiz kuchlari allaqachon xalqaro suvlarda kamida 14 nafar ekipaj aʼzosiga ega ikki tezkor qayiqni yoʻq qilgan, ularning Venesueladan Karib dengiziga giyohvand moddalar olib oʻtayotgani aytiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring