Tramp: AQSH Bagram aviabazasi boʻyicha Afgʻoniston bilan muzokara olib bormoqda
Foto: AFP
AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakat Bagram aviabazasini tiklash masalasida Afgʻoniston bilan muzokaralar oʻtkazayotganini maʼlum qildi. Bu haqda RBK xabar berdi.
“Koʻramiz, Bagram bilan qanday boʻladi. Biz Afgʻoniston bilan muzokara olib bormoqdamiz. Undan hech qachon voz kechmaslik kerak edi”, — dedi Tramp.
Respublikachining fikricha, Vashingtonning bazadan voz kechishiga asos yoʻq edi.
WSJ manbasiga koʻra, Tramp maʼmuriyati tolibonlar bilan AQSHning Bagram aviabazasida kichik harbiy kontingentini tiklash boʻyicha muloqot olib bormoqda. Muzokaralar doirasida ehtimoliy asirlar almashinuvi, iqtisodiy kelishuv va xavfsizlik masalalari ham muhokama qilinmoqda.
Maʼlumot uchun, 2001–2021-yillarda Bagram aerodromi AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning eng yirik harbiy bazasi boʻlgan. 2021-yil iyul oyi boshida amerikaliklar bazani tark etgan, 15-avgust kuni esa u tolibonlar qoʻliga oʻtgan.
AQSH rahbari kecha bazani qaytarish niyati borligini ham eʼlon qilgan edi.
Afgʻoniston TIV esa Trampning bayonotiga javoban mamlakatda AQSHning harbiy harakati ehtimolini istisno etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring