Tramp 80 yoshga toʻlishida Oq uyda UFC chempionlik jangini oʻtkazishini eʼlon qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp 2026-yil 14-iyun kuni — oʻzining 80 yosh yubileyida — Oq uy hududida UFC chempionlik jangini oʻtkazishini maʼlum qildi. Bu haqda u AQSH harbiy-dengiz kuchlarining Atlantika floti asosiy bazasida, flotning 250-yilligi munosabati bilan soʻzlagan nutqida eʼlon qildi.
“Kelasi yil 14-iyunda Oq uyda katta UFC jangini oʻtkazamiz. Bevosita Oq uy hududida, unda chempionlik kamari uchun haqiqiy jang boʻladi”, — dedi Tramp.
Maʼlumot uchun, Donald Tramp 2026-yil 14-iyunda 80 yoshga toʻladi.
Iyul oyi boshida Tramp 2026-yilda Oq uyda UFC turniri jangini oʻtkazishni rejalashtirayotganini aytgan edi. Bu tadbirlar AQSH mustaqillik deklaratsiyasining 250-yilligi munosabati bilan tashkil etiladi. Mazkur sana 2026-yil 4-iyulda nishonlanadi.
Trampning aytishicha, jang chempionlik kamari uchun boʻladi va unda 20–25 ming tomoshabin ishtirok etishi kutilmoqda.
Shuningdek, ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor ushbu turnirda ishtirok etish uchun shartnoma imzolaganini maʼlum qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring