Tramp 2028-yilgi prezidentlik saylovlarida ehtimoliy vorisini maʼlum qildi
Foto: Fox
AQSH prezidenti Donald Tramp 2028-yilgi prezidentlik saylovlarida oʻzining ehtimoliy vorisi sifatida vitse-prezident Jey Di Vensni koʻrmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Menimcha, adolatli boʻlish uchun shunday deb aytsak toʻgʻri boʻladi — u vitse-prezident”, — dedi Tramp mazkur masala yuzasidan berilgan savolga javoban.
Trampning taʼkidlashicha, Vens saylovlarda uning oʻrnini bosishi mumkin. Shu bilan birga, u vitse-prezidentlikka Jey Di Vensning saylovdagi ehtimoliy hamrohi sifatida AQSH davlat kotibi Marko Rubioni koʻrmoqda.
“Menimcha, Marko, ehtimol, Jey Di bilan birgalikda qandaydir shaklda harakat qiluvchi shaxsga aylanadi”, — dedi Tramp.
Shu bilan birga, u hozircha hech qanday yakuniy xulosa chiqarmaslikka chaqirdi:
“Albatta, bu haqda gapirish uchun hali erta. Biroq, Vens oʻz vazifasini juda yaxshi bajarmoqda va hozirgi paytda u asosiy daʼvogarlardan biri boʻlishi mumkin”, — deya qoʻshimcha qildi u.
Avvalroq Donald Tramp 2028-yilgi saylovlarda ishtirok etmasligi mumkinligini bildirgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring