Tojikistonda sodir boʻlgan zilzila qancha talafot yetkazgani ochiqlandi
13-aprel kuni sodir boʻlgan zilzila oqibatida Tojikistonning Rasht va Tojikobod viloyatlarida 94 ta turarjoy binosi toʻliq vayron boʻldi. Bu haqda Tojikiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.
5-6 balli silkinishlar soat 09:24 da qayd etilgan. Zilzila epitsentri Dushanbe shahridan 160 kilometr shimoli-sharqda, Rashtdan 21 kilometr uzoqlikda joylashgan. Dushanbeda 3 ballga yaqin yer silkinishi sezilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, 200 tadan ortiq qoʻshimcha binolar, jumladan, maktab, tibbiyot punktlari, choyxonalar vayron boʻlgan yoki shikastlangan. Rasht viloyatining oʻzida 40 ta turarjoy binosi vayron boʻlgan, yana 5 tasi qisman shikastlangan. Tojikobodda esa 54 ta uy toʻliq, 45 tasi qisman, yana 61 ta binoga esa kichik zarar yetgan.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon topshirigʻiga koʻra, mamlakat bosh vaziri oʻrinbosari Sulaymon Ziyozoda boshchiligida maxsus hukumat komissiyasi tuzildi. U vaziyatni oʻrganish, yetkazilgan zararni baholash va zilzilalar oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring