Tojikistonda bir yilda 34 ofitser xizmatdan qochgan — ombudsman hisoboti

Illyustrativ foto
Tojikistonda 2024-yil davomida harbiy xizmatdan boʻyin tovlash boʻyicha 107 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, 30 nafar yigit jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda mamlakat inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Umed Bobozoda oʻzining yillik hisobotida maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu ishlar Tojikiston Jinoyat kodeksining 343-moddasi (“Harbiy yoki alternativ xizmatni bajarishdan boʻyin tovlash”) boʻyicha qoʻzgʻatilgan. Qonunga muvofiq, bu moddada 37,5 mingdan 75 ming somonigacha jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi nazarda tutilgan.
Hisobotda qayd etilishicha, oʻtgan yili harbiy qismlarda 95 ta kaltaklash va qiynoq holati aniqlangan. Bu holatlar rasmiy tilda “harbiylar oʻrtasidagi ustavga xilof munosabatlar” sifatida baholangan. Shu sababli 13 nafar harbiy komissariat xodimi xizmat majburiyatini lozim darajada bajarmagani uchun jazolangan.
Ombudsmanga koʻra, 2024-yilda 34 ofitser xizmat joyidan qochib ketgan, yana 28 nafar harbiy xizmatchi qismni oʻzboshimchalik bilan tark etgan. U bu harakatlarni jinoyat deb atagan, ammo ularga nisbatan koʻrilgan jazo choralari ochiqlanmagan.
Shu bilan birga, ombudsman ixtiyoriy ravishda harbiy xizmatga borgan yoshlar soni oshganini ham qoʻshimcha qilgan. Biroq mamlakatda har yili chaqiruv mavsumi boshlanishi bilan yoshlarni majburiy armiyaga jalb etish, xizmat sharoitlarining ogʻirligi va dedovshina holatlari haqidagi muammolar yana dolzarb boʻlib qolmoqda. Uning taʼkidlashicha, aynan shu omillar koʻplab yoshlarni xizmatdan boʻyin tovlashga undamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring