Tojikiston Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv oʻtkazildi
Joriy yilning 24-noyabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Tojikiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdujabbor Rahmonzoda bilan uchrashdi.
Suhbat davomida oʻzbek va tojik xalqlarini azaldan umumiy tarix, din, madaniyat, yagona qadriyat va anʼanalar birlashtirib turishi alohida taʼkidlandi.
Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlarining siyosiy irodasi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va chuqurlashtirish uchun asos sifatida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.
Suhbat chogʻida Elchining Oʻzbekistondagi diplomatik faoliyatining muvaffaqiyatli va samarali davri sarhisob qilindi. Uning soʻnggi yillar ichida Oʻzbekiston-Tojikiston munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga qoʻshgan salmoqli hissasi qayd etildi.
Parlamentlararo, shu jumladan xalqaro parlament tuzilmalari doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Bu borada parlamentlararo muloqotning oʻrni alohida qayd etilib, ikki davlat parlamentlarining yuqori palatalari oʻrtasida tuzilgan doʻstlik guruhlari salohiyatidan yanada samarali foydalanish yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, ikki tomonlama muloqotni faollashtirishda parlamentlarning ahamiyati tobora ortib borayotgani qayd etildi.
Uchrashuv yakunida Senat Raisi Elchiga keyingi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring