“Tovar toʻgʻrisida maʼlumot” axborot tizimi va mobil ilovasi ishlab chiqiladi
“Maʼmuriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (Pf–108-son, 06.07.2023-y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi monopoliyaga qarshi respublika organi boʻlib, oʻz faoliyatida Prezidentga va Senatga hisobdor hisoblanadi.
2023-yil 1-oktyabrdan:
— eksklyuziv huquqlar berilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning reyestri (roʻyxati) joriy etiladi;
— Raqobat qoʻmitasi bitim shartlarini, tovarlar realizatsiya qilinadigan hududni va narxni belgilashga bir tomonlama taʼsir koʻrsatish imkoniyatiga (ustun muzokara kuchiga) ega boʻlgan subyektlarni aniqlaydi va ular tomonidan ustun muzokara kuchini suiisteʼmol qilishni taqiqlaydi;
— raqobatga qarshi kelishuvni tuzgan yoki oʻzaro muvofiqlashtirilgan harakatni sodir etgan yuridik yoki jismoniy shaxs bu haqda Raqobat qoʻmitasiga birinchi boʻlib ixtiyoriy ravishda xabar qilsa, u raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod etiladi.
Shuningdek, “Biz sizni eshitamiz” loyihasi joriy qilinadi.
2023-yil 1-oktyabrgacha Raqobat qoʻmitasi tizimida korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik, ularga oldindan “tashxis qoʻyish” va korrupsiyani keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan omillarni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha taʼsirchan mexanizmlar ishlab chiqiladi.
2023-yil 20-dekabrgacha isteʼmolchilarga mamlakat isteʼmol bozorida muomalada boʻlgan tovarlar (ishlar va xizmatlar) toʻgʻrisida maʼlumotlarni onlayn tarzda olish imkoniyatini beruvchi “Tovar toʻgʻrisida maʼlumot” axborot tizimi va mobil ilovasi ishlab chiqiladi.
2025-yil 1-yanvargacha Raqobat qoʻmitasining tabiiy monopoliya subyektlarining tariflarini tartibga solish va nazorat qilish funksiyalari bosqichma-bosqich tashkil etiladigan mustaqil bozor regulyatorlariga oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring