Tovar belgilarini himoya qilish sohasida xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Senatning ellik uchinchi yalpi majlisida “Tovar belgilari bo‘yicha qonunlar to‘g‘risidagi Singapur shartnomasini (Singapur, 2006-yil 27-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Singapur shartnomasining maqsadi ushbu sohada barcha mamlakatlarda va mintaqaviy tashkilotlarda faoliyat yurituvchi tovar belgilarini huquqiy himoya qilish tizimidan foydalanuvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Mazkur hujjat 2006-yil 27-martda qabul qilingan bo‘lib, hozirgi vaqtda dunyoning 50 dan ortiq davlatlari uning ishtirokchilari hisoblanadi.
Muhokama chog‘ida xalqaro hujjatda tovar belgilariga talabnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va topshirish tartibi, litsenziya shartnomalari va boshqa hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritishning o‘ziga xos xususiyatlari, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishning amal qilish muddati va boshqa qoidalar belgilangani taʼkidlandi.
Qonunda Singapur shartnomasi 29-moddasining 4-bandi bo‘yicha huquqlar buzilganida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga doir har qanday huquq O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq litsenziatga berilishi uchun shart sifatida litsenziyaning ro‘yxatdan o‘tkazilishini talab qilishga oid qo‘shimcha shart inobatga olingan holda ratifikatsiya qilish nazarda tutilmoqda.
Senatorlarning taʼkidlashicha, shartnomaning ratifikatsiya qilinishi tovar belgisiga oid huquqning milliy tizimlarini maʼmuriy tartib-taomillar nuqtai nazaridan uyg‘unlashtiradi.
Shuningdek, Qonunning qabul qilinishi mualliflik huquqini himoya qilish tizimini yana-da takomillashtirish, investitsiya muhitini yaxshilash hamda mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lib kirishi yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring