“Total Eren” Oʻzbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish niyatida
Joriy yilning 19-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir Laziz Kudratov “Total Eren” korxonasi vitse-prezidenti Antuan Garret bilan uchrashdi. Uchrashuvda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish natijalari va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish rejalariga eʼtibor qaratildi.
Jumladan, hamkorlikdagi saʼy-harakatlar samaradorligining yorqin misoli sifatida Samarqand viloyatining Nurobod tumanida 2022-yil aprel oyida 100 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiyasi muvaffaqiyatli ishga tushirilgani haqida soʻz bordi. “Total Eren” kompaniyasining yangi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirishga niyati borligi bildirildi. Shu nuqtayi nazardan, tomonlar mamlakatimizda boʻlgan yangi fotoelektr stansiyalarini qurish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Maʼlumot uchun: “Total Eren” qayta tiklanadigan energiya manbalariga asoslangan elektr stansiyalarini qurish, loyihalash, moliyalashtirish va ulardan foydalanishga ixtisoslashgan. Korxona dunyoning 22 ta davlatida faoliyat yuritadi. Jami “Total Eren” tomonidan ishga tushirilgan obyektlar va loyihalashtirilayotgan energiya ishlab chiqarish korxonalarining umumiy quvvati 4 GVt dan oshadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring