Toshkentning toʻrt tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi

10:59 21 Avgust 2024 Jamiyat
197 0

Foto: defesmeta

Toshkentning toʻrt tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, taʼmirlash ishlari tufayli Olmazor, Shayxontohur, Mirobod va Yashnobod tumanlarining quyidagi hududlariga 21-avgust kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatilgan.

Olmazor tumanida soat 10:00 dan 17:30 gacha 35 ta ulgurji isteʼmolchilar, shuningdek, “Orzu”, “Quyosh” va “Chustiy” MFYlaridagi 40 ta koʻp qavatli uydagi 4604 ta xonadon gazsiz qoladi.

Bundan tashqari, Shayxontohur tumanida taʼmirlash ishlari soat 10:00 dan 17:30 gacha davom etib, 38 ta ulgurji isteʼmolchilar, shuningdek, Huvaydo, S-27 va S-26 dahalaridagi 60 ta yerli xonadon va 66 ta koʻp qavatli uydagi 2588 ta xonadon gazdan foydalana olmaydi.

Shuningdek, ushbu tumanning “Beltepa” MFYdagi 582 ta yerli xonadon va koʻp qavatli uylardagi 487 ta xonadon, “Ipakchi” MFYdagi 1103 ta yerli xonadon va koʻp qavatli uylardagi 447 ta xonadon,“Katta Jarariq” MFYdagi 1032 ta yerli xonadon va koʻp qavatli uylardagi 346 ta xonadon, “Oʻzbekiston” MFYdagi 1171 ta yerli xonadon va koʻp qavatli uydagi 19 ta xonadon, “Eski Jarariq” MFYdagi koʻp qavatli uylardagi 662 ta xonadon, “Yangi Jarariq” MFYdagi 454 ta yerli xonadon va koʻp qavatli uylardagi 434 ta xonadon gazsiz qoladi.

Mirobod tumanidagi texnik ishlar soat 10:00 dan 18:00 gacha davom etadi va “Chinor” MFYdagi koʻp qavatli uylardagi 660 ta xonadon hamda 20 ta ulgurji isteʼmolchilar uchun gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Yashnobod tumanidagi taʼmirlash ishlari soat 10:00 dan 17:00 gacha choʻziladi va “A.Yassaviy” MFYdagi 4 ta koʻp qavatli uylardagi 336 ta xonadon gaz manbaidan uziladi.

Qayd etilishicha, taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻrgan.

Avvalroq, 18 yoshli oʻzbekistonlik shaxmatchi Magnus Karlsenni 3 daqiqada taslim qilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер