Toshkentning havo monitoringi tizimi kengaytiriladi va yangi laboratoriyalar tashkil etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-noyabrdagi PF–229-son “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmonga binoan, atmosfera havosini doimiy kuzatish boʻyicha “Air Monitoring Uzbekistan” platformasi imkoniyatlari sezilarli ravishda kengaytiriladi. Rejalashtirilgan 347 ta kuzatuv stansiyasi, jumladan, “Zamin” fondi koʻmagida oʻrnatilgan 23 ta avtomatik stansiya mazkur platformaga ulanadi.
Bundan tashqari, Ekologiya qoʻmitasi huzurida atmosfera havosining chuqur tahlilini amalga oshiradigan maxsus laboratoriya barpo etiladi. U yerda, xususan, PM2.5 kabi inson salomatligi uchun eng xavfli boʻlgan zarrachalar konsentratsiyasi aniqlanadi. Natijalar asosida poytaxtda smog xavfi yuqori boʻlgan davrlarda transport harakati va yirik ishlab chiqarish obyektlari faoliyatini vaqtincha cheklash mexanizmlari ishga tushiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring