Poytaxtning 5 tumanida issiq suv vaqtincha oʻchiriladi
Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek, Yashnobod, Chilonzor, Uchtepa tumanlari va qisman Yunusobod tumanida issiq suv vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda poytaxtni issiq suv bilan taʼminlovchi issiqlik taʼminoti operatori — “Veolia Energy” maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 25, 26, 27-mart kunlari issiqlik tarmoqlarining maksimal haroratga chidamliligi sinovdan oʻtkaziladi. Shu munosabat bilan koʻrsatilgan sanalarda quyidagi manzillarda soat 9:00 dan 18:00 gacha issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi:
25-mart kuni – Mirzo Ulugʻbek, Yashnobod, va Yunusobod tumanining bir qismida (ToshGRES mikrorayoni)
Mustaqillik maydoni, Mirzo Ulugʻbek, Buyuk ipak yuli, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Tamaraxonim proyezdi, Oqqoʻrgʻon, Oʻtkir Sultonov, Osiyo, Lev Tolstoy, Navnihol, 3-Navnihol, Yassi, Kalandar, Boʻz, Sayram 5-proyezd, Sayram 7-proyezd, Chust, Katta Sharxon, Katta Sharxon 2-proyezd, Geologiya, Ibrohim Moʻminov, Niyozbek yoʻli, Kichik xalka yoʻli, Katta xalka yoʻli, Doʻrmon yoʻli, Shahriobod, Ziyolilar, Mirzakalon Ismoiliy, Parkent, Bogʻishamol, Namangan, Zarbuloq, Qirq yigit, Ozodlik, Feruza, Yalangʻoch mavzesi, Tashselmash, Mavlono Riyozi, 1-Boʻz, 2-Boʻz koʻchalari, ToshGRES posyolkasi, Hamid Olimjon maydoni, Toshkent davlat agrar universiteti hududi.
26-mart kuni – Chilonzor va Uchtepa tumanlari
Zargarlik, Lutfiy, Qatortol, Guliston, Farhod, Choʻpon ota, Bogʻiboʻston, Kichik xalka yoʻli, Naqqoshlik, Dombrobad, 4-y proyezd Dombrabad, Serkuyosh, Oʻsmir, Taxiatosh, Shirin, Maqsud Shayxzoda, 1-Qatortol, 2-Qatortol, Al-Xorazmiy, 1-Al-Xorazmiy, 2-Al-Xorazmiy, Katta Xirmontepa, Sharq, Guliston koʻchalari Chilanzor mavzesi (5–12, G9A, 16–20, 24–26, S, 20A kvartallar)
27-mart kuni – Mirzo Ulugbek tumani
Mirzo Ulugʻbek, Temur Malik, Avayxon, Mingbuloq, Mirishkor, Shukur Burxonov, Razzoq Hamroyev, Salom, Doʻrmon yoʻli koʻchalari, 2-, 3-, 4-, 6-, 7- Qorasuv mavzelari.
“Sinovlar kelasi isitish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida oʻtkazilmoqda. Maksimal haroratdagi sinovlar davomida quvurlarda shikastlanishlar yuz berishi, issiq suv yoʻllar va yoʻlaklarga chiqib ketishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Haydovchilar, piyodalar, maʼmuriy binolardan foydalanuvchilar va turar-joy binolari aholisidan ehtiyotkorlikka rioya etish soʻraldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring