Toshkentdan hududlarga qoʻshimcha avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyilmoqda

Yoʻlovchilar oqimi katta ekanligini hisobga olib, 20-dekabrdan 31-dekabrga qadar qoʻshimcha avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqida Transport vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, “Toshkent” avtovokzalidan kundalik 53 ta reysga qoʻshimcha ravishda har kuni shaharlararo yoʻnalishlarda 20 dan ortiq avtobus qatnovlari tashkil etiladi.
Xususan, 20-dekabrdan 31-dekabrga qadar Toshkent — Navoiy, Toshkent — Zomin, Toshkent — Jarqoʻrgʻon, Toshkent — Shahrisabz, Toshkent — Qarshi, Toshkent — Qorakoʻl, Toshkent — Termiz, Toshkent — Denov, Toshkent — Gʻuzor, Toshkent — Uzun yoʻnalishlarida kundalik belgilangan reyslardan tashqari yoʻlovchilar oqimidan kelib chiqqan holda kun davomida qoʻshimcha avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi.
Qoʻshimcha avtobus reyslari hamda qatnov jadvallari toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni Toshkent avtovokzali rasmiy kanali orqali olish mumkin.
Yoʻlovchilar chiptalarni Toshkent avtovokzali chiptaxonalaridan hamda ATTO, UzBus mobil ilovasi orqali onlayn tarzda sotib oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring